Qoʻqonda qarovsiz qoldirilgan avtomashinadan 4 000 000 soʻmlik telefon apparati talon-toroj qilingan
Qoʻqon shahri. S.Z ismli fuqaro IIB ga murojaat qilib, unda noma’lum shaxs Qoʻqon shaharda joylashgan “Xunarmandlar” savdo kompleksi oldida qarovsiz qoldirgan “Damas” rusumli avtomashinasi salonida boʻlgan narxi 4 000 000 soʻmlik “SAMSUNG А 31” rusumli telefon apparatini yashirin ravishda talon-toroj qilib, hodisa joyidan yashiringanligini bildirgan.
Mazkur holat yuzasidan Qoʻqon shahar IIB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 1-qismi (oʻgʻirlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.
Olib borilgan tezkor qidiruv harakatlari davomida ushbu jinoyatni sodir etganlikda gumonlangan S.S ismli shaxs aniqlanib, xozirda tergov harakatlari davom ettirilmoqda.
Eslatib oʻtamiz, Jinoyat kodeksining 169-moddasi 1-qismida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Hurmatli fuqarolar, oʻz mol-mulkingiz, pul mablagʻlaringizni ehtiyot qiling! Bu bilan oʻgʻirlik jinoyatlarining oldini olishga hissa qoʻshgan boʻlasiz.
Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati