Qoʻqonda jinoyatchiliklarni oldini olish borasida amalga oshirilayotgan ishlar tahlil etildi
Oʻzbekiston Respublkasi Ichki ishlar vazirligi akademiyasi, Fargʻona viloyati va Qoʻqon shahar IIB, Qoʻqon shahar hokimligi, Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash boʻlimi mutasaddilari ishtirokida Qoʻqon shahrida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni oldini olish borasida soʻnggi davrda amalga oshirilgan ishlar, Ichki ishlar vazirligi akademiyasi ishchi guruhi tomonidan ishlab chiqilgan tavsiyalar xususida ma’lumot berildi.
Shu yilning 17-yanvar kunidan boshlab IIV Akademiyasi boshligʻining oʻrinbosari, polkovnik Kamalov Oybek Axmatovich boshchiligida professor-oʻqituvchilar tarkibidan iborat ishchi guruhi “fuqarobay” ishlash metodikasini takomillashtirish, mahallalarda kriminogen vaziyatini yaxshilash borasida tizimli ishlar olib bormoqda.
Profilaktika inspektorlari, mahalla mutasaddilari bilan oʻtkazilgan muloqotda ishlab chiqilgan tavsiyalarni amaliyotda qoʻllash boʻyicha koʻrsatmalar berilib, ishtirokchilarni qiziqtirgan savollariga javob berildi.
Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati