7 Aprel 2022 yil 758

Qoʻqonda 100 AQSH dollar pulini ayriboshlamoqchi boʻlgan shaxs firibgarga chuv tushdi

Qoʻqon shahri. 2022-yilning 26-mart kuni soat 11:00 larda Qoʻqon shahar, A.Yassaviy koʻchasida yashovchi fuqaro M.A. shaharning Farobiy koʻchasida joylashgan savdo kompleksiga kirish joyida A.Sh ismli shaxsning ishonchiga kirib, 100 AQSH dollarini 1.150.000 oʻzbek soʻmiga ayriboshlab berishga yolgʻondan va’da beradi. Ammo “ustamon”lik qilib, kelishilgan 1.150.000 soʻmdan 450.000 soʻmini bermasdan, firibgarlik yoʻli bilan qoʻlga kiritgan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan Qoʻqon shahar IIB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Firibgarlik qonunga asosan jinoiy javobgarlikka sabab boʻlishini esdan chiqarmang.

Yuqorida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech