18 Yanvar 2022 yil 421

Qoʻqon va Margʻilon shahrida qidiruvda yurgan shaxslar qoʻlga tushdi

17.01.2022-yil kuni Qoʻqon shahar IIO FMB TQXB xodimlari Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismida (firibgarlik) koʻrsatilgan jinoyatni sodir etib, Qoʻqon shahar IIO FMB xuzuridagi tergov boʻlimi tomonidan qidiruv e’lon qilingan Yu.Sh.ni qoʻlga olishdi.

Shuningdek, Qoʻshtepa tumani IIB JQB xodimlari Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismida ( firibgarlik) koʻrsatilgan jinoyatni sodir etib, Margʻilon shahar IIB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan qidiruv e’lon qilingan R.Sh.ni qoʻlga olishdi.

Hurmatli fuqarolar!

Qidiruvdagi shaxslar haqida biror ma’lumotga ega boʻlsangiz, yaqin oradagi ichki ishlar boʻlimlariga xabar bering. Shaxsingiz sir saqlanishi ta’minlanadi.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech