20 May 2023 yil 358

Qoʻqon shahrida yonida “ogʻu” saqlagan shaxs aniqlandi

Qoʻqon shahar. 2023-yil 12-may kuni shahar IIB JQB xodimlari tomonidan oʻtkazilgan tadbir davomida Muxsiniy koʻchasida toʻxtab turgan “Matiz” rusumli avtomashinasida oʻtirgan A.A.ning yoni xolislar ishtirokida koʻzdan kechirilganda, bir boʻlak yumaloq shakldagi “Gashish” giyohvandlik moddalarini saqlab kelayotgani aniqlanib, daliliy ashyo tariqasida olingan.

Mazkur holat yuzasidan Qoʻqon shahar IIB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 276-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib oʻtamiz, Jinoyat kodeksining 276-moddasi 1-qismida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs 3-yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech