31 May 2023 yil
372
Qoʻqon shahrida yonida “marixuana ” giyohvandlik moddasini saqlagan shaxs qoʻlga tushdi
Qoʻqon shahar. 2023-yil 19-may kuni Qoʻqon shahar IIB JQB xodimlari tomonidan oʻtkazilgan tabdir davomida, Poʻstindoʻz koʻchasida toʻxtab turgan “Nexia” rusumli avtomashina salonida oʻtirgan Q.J.ning yoni xolislar ishtirokida koʻzdan kechirilganda, gashish giyohvandlik moddasini saqlab kelayotgani aniqlanib, daliliy ashyo tariqasida olingan.
Mazkur holat yuzasidan Fargʻona shahar IIO FMB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 276-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib oʻtamiz, Jinoyat kodeksining 276-moddasi 1-qismida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs 3-yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.
Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati