Qoʻqon shahrida ogʻufurush qoʻlga olindi
Qoʻqon shahri.2022-yilning 28-mart kuni shahar IIB JQB va TEQKB hodimlari tomonidan oʻtkazilgan tadbir davomida, A.T.Xoʻqandiy mavzesida yashovchi M.I uyi oldida 21.83 gramm “gashish” giyohvandlik moddasini 3.000.000 soʻmga teng boʻlgan 2 dona “Shivaki” rusumli televizor evaziga sotgan vaqtida daliliy ashyolar bilan qoʻlga olindi.
Holat yuzasidan Qoʻqon shahar IIB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 273-moddasi 5-qismi bilan jinoyat ishi koʻzgʻatilib, protsessual tartibda ushlangan.
Hurmatli fuqarolar! Giyohvandlik moddalarni iste’mol qilish sogʻligʻingiz uchun xavfli ekanligini, uni saqlash qonunga xilofligi va jinoiy javobgarlikka sabab boʻlishini esdan chiqarmang.
Eslatib oʻtamiz, Jinoyat kodeksining 273-moddasi 5-qismida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs yigirma yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.
Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati