18 Mart 2023 yil 368

Qo'qon shahrida “zahri qotil”ni sotayotgan shaxs ushlandi

Qo'qon shahar. 2023 yilning 13 mart kuni shahar IIB TEQKB xodimlari tomonidan o'tkazilgan tezkor tadbir davomida, M.S Yangi chorsi ko'chasida 250.000 so'm evaziga “Tramadol Lannaxer 50 mg” yozuvli bir dona konvalyuta ichidagi jami 10 dona psixotrop dori vositalarini sotgan vaqtida daliliy ashyo bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Qo'qon shahar IIB huzuridagi tergov bo'limi tomonidan Jinoyat kodeksining 273-modda 5-qismi bilan jinoyat ishi qo'zg'atilib, prosessual tartibda ushlandi.

Hurmatli fuqarolar! Giyohvandlik moddalarini isteʻmol qilish sog'lig'ingiz uchun xavfli ekanligini, uni saqlash qonunga xilofligi va jinoiy javobgarlikka sabab bo'lishini esdan chiqarmang.

Eslatib o'tamiz, Jinoyat kodeksining 273-moddasi 5-qismida ko'rsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs 20 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.

Farg'ona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech