5 Iyul 2023 yil 475

Qoʻqon shahrida yonida “marixuana ” giyohvandlik moddasini saqlagan shaxs qoʻlga tushdi

Qoʻqon shahar. 2023-yil 20-iyun kuni Fargʻona viloyati IIB 2-mintaqaviy hudud PPX otryadi 5-guruh xodimlari A.T.Huqandiy mavzesida xizmat olib borishayotgan vaqtlarida R.X harakatlaridan shubxalanib, uning yoni xolislar ishtirokida koʻzdan kechirilganda, u egnidagi kiyimi choʻntagida gashish giyohvandlik moddasini saqlab kelayotganligi aniqlanib, ashyoviy dalil tariqasida olingan.

Mazkur holat yuzasidan Qoʻqon shahar IIB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 276-moddasi 2-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib oʻtamiz, Jinoyat kodeksining 276-moddasi 2-qismida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs 3-yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech