Qoʻqon shahrida аvtomashinasida giyohvandlik moddasini saqlagan shaxs aniqlandi
Qoʻqon shahar. 20-may kuni shahar IIB TQX TQKB xodimlari tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbir davomida, Urganjibogʻ mahalla hududida joylashgan savdo majmuasining kirish darvozasi yonida turgan A.I.ning yoni va avtomashinasi xolislar ishtirokida koʻzdan kechirilganida, uning avtomashinasini bar qismidan “Opiy” giyohvandlik moddasi borligi aniqlanib, daliliy ashyo tariqasida olingan.
Mazkur holat yuzasidan Qoʻqon shahar IIB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 276-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, protsessual tartibda ushlangan.
Eslatib oʻtamiz, Jinoyat kodeksining 276-moddasi 1-qismida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs 3-yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.
Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati