Qoʻqon shahrida yonida giyohvandlik moddasini saqlagan shaxs aniqlandi
Qoʻqon shahar. 2023-yil 05-may kuni shahar IIB JQB hodimlari tomonidan olib borilgan tezkor tadbir davomida, Avgʻonbogʻ mahalla hududida M.J xatti-harakatlari bilan IIB xodimlarida shubxa uygʻotganligi uchun, uning yoni xolislar ishtirokida koʻzdan kechirilganda, uning yonidan bir dona dumaloq shakldagi “gashish” giyohvandlik moddasi borligi xolislar ishtirokida aniqlanib, daliliy ashyo tariqasida olingan.
Mazkur holat yuzasidan Qoʻqon shahar IIB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 276-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib oʻtamiz, Jinoyat kodeksining 276-moddasi 1-qismida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs 3-yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.
Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati