17 May 2023 yil 575

Qoʻqon shahrida yonida giyohvandlik moddasini saqlagan shaxs aniqlandi

Qoʻqon shahar. 06-may kuni 2-hudud PPX otryadi xodimlari tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbir davomida, D.S Istiqlol mahalla hududida toʻxtatilib, uning yoni tekshirilganda yonidan “gashish” giyoxvandlik moddalarini saqlab kelayotganligi aniqlanib, daliliy ashyo tariqasida olingan.

Mazkur holat yuzasidan Qoʻqon shahar IIB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 276-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib oʻtamiz, Jinoyat kodeksining 276-moddasi 1-qismida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs 3-yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Navbatchilik qismi

102

Ishonch telefoni

1102

Text to speech

Sahifadagi xatolar bo`yicha manzil:

Matn xato bilan:

Sizning izoxingiz yoki to`g`ri versiya: