7 Iyun 2023 yil 374

Qoʻqon shahrida yonida giyohvandlik moddasini saqlagan shaxs aniqlandi

Qoʻqon shahar. 2023-yil 02-iyun kuni shahar IIB JQB xodimlari tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbir davomida, Turkiston koʻchasida joylashgan savdo doʻkoni oldida turgan Gʻ.Sh.ning yoni xolislar ishtirokida koʻzdan kechirilganda, shimi choʻntagida “Gashish” giyohvandlik moddalarini saqlab kelayotgani aniqlanib, daliliy ashyo tariqasida olingan.

Mazkur holat yuzasidan Qoʻqon shahar IIB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 276-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib oʻtamiz, Jinoyat kodeksining 276-moddasi 1-qismida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs 3-yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech