Qoʻqon shahrida yonida gashish saqlagan shaxs aniqlandi
Qoʻqon shahar.08-sentabr kuni shahar IIB xodimlari tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbir davomida, A.Charxiy koʻchasida joylashgan dorixona yonida shubhali turgan I.I.ning yoni xolislar ishtirokida koʻzdan kechirilganda, u yonida bir dona qora rangli polimer paket parchasiga oʻralgan “gashish” giyohvandlik vositasini saqlab kelayotganligi aniqlanib, daliliy ashyo tariqasida olingan.
Mazkur holat yuzasidan Qoʻqon shahar IIB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 276-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Hurmatli fuqarolar! Giyohvandlik moddalarini iste’mol qilish sogʻligʻingiz uchun xavfli ekanligini, uni saqlash qonunga xilofligi va jinoiy javobgarlikka sabab boʻlishini esdan chiqarmang.
Eslatib oʻtamiz, Jinoyat kodeksining 276-moddasi 2-qismida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs 5-yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.
Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati