16 Iyun 2023 yil
392
Qoʻqon shahrida yonida “gashish ” giyohvandlik moddasini saqlagan shaxs qoʻlga tushdi
Qoʻqon shahar. 2023-yilning 06-iyun kuni shahar IIB JQB xodimlari tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbir davomida, Movoraunnaxr koʻchasida joylashgan kompyuter oʻyingohining xonasida oʻtirgan M.X.ning yoni xolislar ishtirokida koʻzdan kechirilganda, “gashish” giyohvandlik moddalarini saqlab kelayotgani aniqlanib, ashyoviy dalil tariqasida olingan.
Mazkur holat yuzasidan Qoʻqon shahar IIB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 276-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib oʻtamiz, Jinoyat kodeksining 276-moddasi 1-qismida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs 3-yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.
Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati