Qoʻqon shahrida yoʻlovchilardan biri avtomashinadan pul oʻgʻirladi
Qoʻqon shahar. 19-mart kuni fuqaro U.B IIBga murojaat qilib, unda shu kuni noma’lum shaxs boshqaruvidagi “Ласетти” rusumli avtomashinasida Samarqand shahridan Qoʻqon shahriga yetib kelib, ushbu avtomashinadan yoʻlovchilarini tushirayotgan vaqtida, bardachogida boʻlgan 4.500.000 soʻm pulini yashirin ravishda oʻgʻirlab ketganini bildirgan.
Mazkur holat yuzasidan Qoʻqon shahar IIO FMB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 1-qismi (oʻgʻirlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.
Olib borilgan tezkor qidiruv harakatlari davomida ushbu jinoyatni X.S ismli ayol sodir etganligi aniqlanib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib oʻtamiz, Jinoyat kodeksining 169-moddasi 1-qismida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Hurmatli fuqarolar, oʻz mol-mulkingiz, pul mablagʻlaringizni ehtiyot qiling! Bu bilan oʻgʻirlik jinoyatlarining oldini olishga hissa qoʻshgan boʻlasiz.
Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati