2 Mart 2022 yil 442

Qoʻqon shahrida yoʻlovchi “Matiz” rusumli avtomashinadan haydovchining uyali telefon apparatini oʻgʻirladi

Qoʻqon shahar. 2021-yilning 21-fevral kuni fuqaro P.N IIBga murojaat qilib. unda noma’lum shaxs “Matiz” rusumli avtomashinasiga yoʻlovchi sifatida chiqib, Qashqadaryo koʻchasida tushgan vaqtida avtomashina oʻrindigʻida qarovsiz qolgan 3.212.000 soʻmlik “Red Mi-9” rusumli telefon apparatini yashirin ravishda oʻgʻirlab, hodisa joyidan yashiringanligini ma’lum qilgan.

Mazkur holat yuzasidan Qoʻqon shahar IIO FMB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Olib borilgan tezkor qidiruv harakatlari davomida ushbu jinoyatni I.M sodir etganligi aniqlanib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib oʻtamiz, Jinoyat kodeksining 169-moddasi 1-qismida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.

Hurmatli fuqarolar, oʻz mol-mulkingiz, pul mablagʻlaringizni ehtiyot qiling! Bu bilan oʻgʻirlik jinoyatlarining oldini olishga hissa qoʻshgan boʻlasiz.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech