Qoʻqon shahrida yoʻlovchi haydovchining telefon apparatini aldab qoʻlga kiritdi
Qoʻqon shahar. Fuqaro A.A IIBga murojaat qilib, unda 2023 yilning 27 fevral kuni nomaʼlum shaxs boshqaruvidagi “Matiz” rusumli avtomashinasiga yoʻlovchi sifatida chiqib, Axillik koʻchasida joylashgan avtoservis yoniga eltib qoʻyishni aytib, kelishilgan manzilga yetib borgan vaqtida avtomashinadan tushayotib narxi 1.500.000 soʻmlik “Realmi c25 yu” rusumli telefon apparatini vaqtincha foydalanib, soʻng qaytarib berish sharti bilan soʻrab olib, uning chalgʻiganligidan foydalanib, telefon apparatini qoʻlga kiritib, hodisa joyidan yashiringanligini maʼlum qilgan.
Mazkur holat yuzasidan Rishton tumani IIB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 1-qismi jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.
Olib borilgan tezkor qidiruv harakatlari davomida ushbu jinoyatni X.B sodir etganligi aniqlanib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Firibgarlik qonunga asosan jinoiy javobgarlikka sabab boʻlishini esdan chiqarmang.
Yuqorida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.
Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati