Qoʻqon shahrida xonadonga oʻgʻirlikka tushgan shaxs aniqlandi
Qoʻqon shahar. Kitobdor Mirzo koʻchasida yashovchi fuqaro M.A IIBga murojaat qilib, unda 2022-yilning 22-noyabr kuni noma’lum shaxs yashash xonadoniga gʻayriqonuniy ravishda kirib, xonadon omborxonasidan jami narxi 2.400.000 soʻmlik 1 dona 2 metrlik duxtavr, 1 dona, 2 metrlik shiviller temir boʻlaklari hamda 1 dona taxta eshigini yashirin ravishda oʻgʻirlab, hodisa joyidan yashiringanligini ma’lum qilgan.
Mazkur holat yuzasidan Qoʻqon shahar IIB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi “g” bandi (oʻgʻirlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.
Olib borilgan tezkor-surishtiruv ishlari davomida, ushbu jinoyatni R.M sodir etganligi aniqlanib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Hurmatli fuqarolar, oʻz mol-mulkingiz, pul mablagʻlaringizni ehtiyot qiling!
Bu bilan oʻgʻirlik jinoyatlarining olishga hissa qoʻshgan boʻlasiz.
Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati