Qoʻqon shahrida xonadondan pul va boshqa buyumlarni oʻgʻirlagan 2 nafar shaxs qoʻlga tushdi
Qoʻqon shahar. Q.Oʻ ismli ayol IIBga murojaat qilib, unda 2023-yilning 11-yanvar kuni noma’lum shaxs Istiqlol koʻchasida joylashgan savdo shaxobchasiga gʻayriqonuniy ravishda kirib, savdo doʻkonidan 300 AQSH dollari, 400.000 soʻm pullari, 1 dona narxi 2.500.000 soʻmlik tillo uzugi va qiymati 650.000 soʻmlik tamaki mahsulotlarini yashirin ravishda oʻgʻrilab, hodisa joyidan yashiringanligini ma’lum qilgan.
Mazkur holat yuzasidan Qoʻqon shahar IIO huzuridagi tergov boʻlinmasi tomonidan jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi “g” bandi (oʻgʻirlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.
Olib borilgan tezkor-surishtiruv ishlari davomida, ushbu jinoyatni S.S va T.I.lar sodir etganligi aniqlanib, protsessual tartibda ushlangan.
Hurmatli fuqarolar, oʻz mol-mulkingiz, pul mablagʻlaringizni ehtiyot qiling!
Bu bilan oʻgʻirlik jinoyatlarining oldini olishga hissa qoʻshgan boʻlasiz.
Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati