Qoʻqon shahrida xonadondan 1.000 AQSH dollar pullarni oʻgʻirlagan voyaga yetmagan shaxs qoʻlga tushdi
Qoʻqon shahar. Obod mahallasida yashovchi K.X IIBga murojaat qilib, unda 2023-yilning 25-mart kunidan 26-mart kuniga qadar boʻlgan boʻlgan vaqt oraligʻida noma’lum shaxs, yashash xonadoniga gʻayriqonuniy ravishda kirib, xonadon yotoqxonasida boʻlgan 1.000 AQSH dollarini yashirin ravishda oʻgʻirlab, hodisa joyidan yashiringanligini bildirgan.
Mazkur holat yuzasidan Qoʻqon shahar IIB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi “g” bandi (oʻgʻirlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.
Olib borilgan tezkor-surishtiruv ishlari davomida, ushbu jinoyatni voyaga yetmagan A.A sodir etganligi aniqlanib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Hurmatli fuqarolar, oʻz mol-mulkingiz, pul mablagʻlaringizni ehtiyot qiling!
Bu bilan oʻgʻirlik jinoyatlarining oldini olishga hissa qoʻshgan boʻlasiz.
Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati