14 Dekabr 2022 yil 406

Qoʻqon shahrida voyaga yetmagan shaxs velosiped oʻgʻirladi

Qoʻqon shahar.Q.A ismli ayol IIBga murojaat qilib, unda 2022-yil 09-noyabr kuni noma’lum shaxs Yangi Chorsu koʻchasida joylashgan koʻp qavatli uyning kirish qismida qarovsiz qoldirilgan narxi 2.000.000 soʻmlik “sterm” nomli velosipedini yashirin ravishda oʻgʻirlab, hodisa joyidan yashiringanligini bildirgan.

Mazkur holat yuzasidan Qoʻqon shahar IIB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan jinoyat kodeksining 169-moddasi 1-qismi (oʻgʻirlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Olib borilgan tezkor-surishtiruv ishlari davomida, ushbu jinoyatni voyaga yetmagna J.O sodir etganligi aniqlanib, undan velosiped daliliy ashyo tariqasida olingan.

Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Hurmatli fuqarolar, oʻz mol-mulkingiz, pul mablagʻlaringizni ehtiyot qiling!

Bu bilan oʻgʻirlik jinoyatlarining oldini olishga hissa qoʻshgan boʻlasiz.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech