Qoʻqon shahrida voyaga yetmagan shaxs talonchilikka qoʻl urdi
Qoʻqon shahar.2022-yilning 30-sentabr kuni 2005-y.t. voyaga yetmagan Shaldiramoq mavzesida joylashgan kasb-xunar maktabi yonidan oʻtib ketayotgan 2005-y.t. voyaga yetmagan U.Sh.ni narxi 1.500.000 soʻmlik “Redmi 7” rusumli telefon apparatidan vaqtincha foydalanib turishlik uchun olib, telefon apparatini qaytib bermasdan, ochiqdan-ochiq talon-toroj qilib, hodisa joyidan yashiringan.
Mazkur holat yuzasidan Qoʻqon shahar IIB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 166-moddasi 1-qismi (talonchilik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Fargʻona viloyat Ichki ishlar boshqarmasi yuqoridagi koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkinligi haqida eslatib oʻtadi.
Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati