Qoʻqon shahrida voyaga yetmagan shaxs talonchilikka qoʻl urdi
Qoʻqon shahri. 27-dekabr kuni B.N ismli ayol IIBga murojaat qilib, unda 26-dekabr kuni voyaga yetmagan S.N voyaga yetmagan oʻgʻli A.A.ni orqasidan kuzatib, yashash xonadoni darvozasi oldiga yetib kelgan vaqtida, uni qoʻlida boʻlgan narxi 2.500.000 soʻmlik “Samsung S-10” rusumli telefon apparatini tortib olib, talonchilik yoʻli bilan qoʻlga kiritganligini bildirgan.
Mazkur holat yuzasidan Qoʻqon shahar IIO FMB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 166-moddasi 1-qismi (talonchilik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, protsessual tartibda ushlangan.
Fargʻona viloyat Ichki ishlar boshqarmasi yuqoridagi koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs 5-yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkinligi haqida eslatib oʻtadi.
Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati