3 Noyabr 2022 yil 425

Qoʻqon shahrida velosipedini oʻgʻirlatgan fuqaro IIBga murojaat qildi

Qoʻqon shahar. Shoxruxobod koʻchasida joylashgan koʻp qavatli uyning xonadonlaridan birida yashovchi fuqaro A.T IIBga murojaat qilib, unda 2022-yilning 16-oktabr kuni noma’lum shaxs yashash uyining kirish eshigi oldida qarovsiz qoldirilgan 1.200.000 soʻmlik velosipedini yashirin ravishda oʻgʻirlab, hodisa joyidan yashiringanligini ma’lum qilgan.

Mazkur holat yuzasidan Qoʻqon shahar IIO FMB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan jinoyat kodeksining 169-moddasi 1-qismi (oʻgʻirlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Olib borilgan tezkor-surishtiruv ishlari davomida, ushbu jinoyatni P.Z sodir etganligi aniqlanib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Hurmatli fuqarolar, oʻz mol-mulkingiz, pul mablagʻlaringizni ehtiyot qiling! Bu bilan oʻgʻirlik jinoyatlarining oldini olishga hissa qoʻshgan boʻlasiz.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech