Qoʻqon shahrida uyali telefon apparatini talonchilik yoʻli bilan qoʻlga kiritgan shaxs ushlandi
Qoʻqon shahar.17-may kuni soat 20:00 larda A.U Burchilik koʻchasida joylashgan avtomashinalarga gaz quyish shaxobchasi oldida oʻziga tegishli boʻlgan “Нехiа” rusumli avtomashinasi ichida M.A ismli ayolni hayoti va sogʻligi uchun xafli boʻlmagan zoʻrlik ishlatib, uning bir dona narxi 500.000 soʻmlik “ZTE BLADE A 610 C” rusumli telefon apparatini ochiqdan-ochiq talon-taroj qilib, hodisa joyidan yashiringan.
Mazkur holat yuzasidan Qoʻqon shahar IIB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 166-moddasi 2-qismi “a” bandi (talonchilik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib protsessual tartibda ushlangan.
Fargʻona viloyat Ichki ishlar boshqarmasi yuqoridagi koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkinligi haqida eslatib oʻtadi.
Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati