1 Noyabr 2022 yil 614

Qoʻqon shahrida uy sotib olmoqchi boʻlgan ayol pullariga aldandi

Qoʻqon shahar.2022-yilning iyul oyida Q.M va B.M ismli ayollar U.Nosir koʻchasida P.G ismli ayolning ishonchiga kirib, arzon narxda uy sotib olib berishligini aytib, 23.900.000 soʻm pullarni firibgarlik yoʻli bilan qoʻlga kiritgan.

Mazkur holat yuzasidan Qoʻqon shahar IIO FMB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 1-qismi (firibgarlik) bilan jinoyati ishi qoʻzgʻatilgan.

Firibgarlik qonunga asosan jinoiy javobgarlikka sabab boʻlishini esdan chiqarmang.

Yuqorida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs 3-yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech