Qoʻqon shahrida turli bahonalar qilib ayolning pullarini qoʻlga kiritgan shaxs qamoqqa olindi
Qoʻqon shahar. M.D ismli ayol IIBga murojaat qilib, 2021-yilning 12-mart kuni noma’lum shaxs ishonchiga kirib, yashash xonadoniga mebel sotib olish uchun puli yetmayotganligini aytib, 100 AQSH dollar va jiyani betobligini ma’lum qilib 2.000.000 soʻmlik tillo-taqinchoqlarini olib, bergan va’dasini bajarmasdan aldov yoʻli bilan qoʻlga kiritgan pullarni oʻz ehtiyojlariga sarflab yuborganligini bildirgan.
Mazkur holat yuzasidan Qoʻqon shahar IIB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 1-qismi (firibgarlik) bilan jinoyati ishi qoʻzgʻatilgan.
Olib borilgan tezkor surishtiruv ishlari davomida ushbu jinoyatni A.U sodir etganligi aniqlanib, protsessual tartibda ushlangan.
Firibgarlik qonunga asosan jinoiy javobgarlikka sabab boʻlishini esdan chiqarmang.
Yuqorida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs 3-yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.
Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati