16 Noyabr 2021 yil 368

Qoʻqon shahrida trikotaj mahsulotlarini sotib olib, pullarini bermagan shaxsga jinoyat ishi qoʻzgʻatildi

Qoʻqon shahri. 23-iyul kuni fuqaro A.A IIBga murojaat qilib, unda 2019-yilning noyabr oyida noma’lum shaxs ishonchiga kirib, sotmoqchi boʻlgan trikotaj mahsulotlarini 71.754.638 soʻm evaziga sotib olishga kelishib, trikotaj mahsulotlarini olib ketib, pullarini bir oy muddatda berishni aytib, bergan va’dasini bajarmasdan aldov yoʻli bilan qoʻlga kiritgan mahsulotlarni boshqa shaxsga sotib yuborib, pullarini oʻz ehtiyojlariga sarflab yuborganligini bildirgan.

Mazkur holat yuzasidan Qoʻqon shahar IIO FMB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 2-qismi “a” bandi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Olib borilgan tezkor qidiruv harakatlari davomida ushbu jinoyatni A.R. sodir etganligi aniqlanib, protsessual tartibda ushlangan.

Firibgarlik qonunga asosan jinoiy javobgarlikka sabab boʻlishini esdan chiqarmang.

Yuqorida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech