31 May 2022 yil 403

Qoʻqon shahrida toʻy tadbirida qoidani buzgan haydovchilarga chora koʻrildi  

 

2022-yil 30-may kuni ijtimoiy tarmoqlarda bir nechta transport vositalarini toʻy tadbiri davomida yoʻl harakati qoidalarini buzib, guruh boʻlib harakatlanganligi aks etgan videotasvir tarqaldi.
Ushbu holat boʻyicha Fargʻona viloyati IIB JXX YHXB tomonidan surishtiruv ishlari olib borilganida, ushbu toʻy tadbiri joriy yilning 29-may kuni Qoʻqon shahrida oʻtkazilganligi ma’lum boʻldi. Boshqarma xodimlari tomonidan yoʻl harakati qoidalarini buzib, guruh boʻlib harakatlangan va tegishli ruxsatnomasiz transport vositasiga tovush chiqaruvchi va yorituvchi qurilmalar oʻrnatgan 9 ta avtomobillar aniqlanib, Oʻzbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik toʻgʻrisidagi Kodeksning 127-moddasi va 129-moddasida nazarda tutilgan qoidabuzarliklar sodir etganligi uchun ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirildi.

Hozirda ushbu toʻy tadbirida qatnashgan boshqa transport vositalarini aniqlash ishlari olib borilmoqda.

Hurmatli fuqarolar, hamisha yoʻl harakati qoidalariga amal qiling!

Text to speech