26 May 2022 yil 233

Qoʻqon shahrida tilla-taqinchoqlarni aldov yoʻli bilan qoʻlga kiritgan erkakka jinoyat ishi qoʻzgʻatildi

Qoʻqon shahri.2021-yilning 20-noyabr kuni X.D IIBga murojaat qilib, unda 2021-yilning 2-noyabr kuni noma’lum shaxs, hunarmandlar bozorida ishonchiga kirib, pullarini foizi bilan qaytarishini aytib, 18 gramm turli xildagi tilla-taqinchoqlarini olib, bergan va’dasini bajarmasdan aldov yoʻli bilan tilla-taqinchoqlarini qoʻlga kiritganligini bildirgan.

Mazkur holat yuzasidan Qoʻqon shahar IIB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Olib borilgan tezkor qidiruv harakatlari davomida ushbu jinoyatni M.T sodir etganligi aniqlanib, protsessual tartibda ushlangan.

Firibgarlik qonunga asosan jinoiy javobgarlikka sabab boʻlishini esdan chiqarmang.

Yuqorida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech