Qoʻqon shahrida tilla-taqinchoqni aldov yoʻli bilan qoʻlga kiritgan ayol qoʻlga tushdi
Qoʻqon shahri. 2021-yilning 05-aprel kuni M.E ismli ayol IIBga murojaat qilib, unda 19-mart kuni noma’lum shaxs S.Abdulla koʻchasida joylashgan savdo bozorda ishonchiga kirib, narxi 5.000.000 soʻmlik “Kаrdinal” nomli tilla-taqinchogʻini sotib olishligini aytib, savdo ishlari bilan chalgʻiganidan foydalanib, aldov yoʻli bilan tilla-taqinchogʻini qoʻlga kiritganligini bildirgan.
Mazkur holat yuzasidan Qoʻqon shahar IIO FMB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 1-qismi (firibgarlik) bilan jinoyati ishi qoʻzgʻatilgan.
Olib borilgan tezkor qidiruv harakatlari davomida ushbu jinoyatni S.K ismli ayol sodir etganligi aniqlanib, protsessual tartibda ushlangan.
Firibgarlik qonunga asosan jinoiy javobgarlikka sabab boʻlishini esdan chiqarmang.
Yuqorida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.
Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati