Qoʻqon shahrida tanishini tilla-taqinchoqlarni sotib berishni va’da qilib aldagan ayolga jinoyat ishi qoʻzgʻatildi
Qoʻqon shahri. 2021-yilning 24-dekabr kuni M.S ismli ayol tanishi A.D.ga goʻyoki jami narxi 28.300 AQSH dollarga teng boʻlgan tilla-taqinchoqlarni sotib pulini berish sharti bilan olib, shu orqali juda koʻp miqdordagi tilla-taqinchoqlarni qoʻlga kiritib, boshqa shaxsga sotib yuborib, pullarni oʻz ehtiyojlariga sarflab yuborgan.
Mazkur holat yuzasidan Qoʻqon shahar IIB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.
Olib borilgan tezkor qidiruv harakatlari davomida ushbu jinoyatni Q.N sodir etganligi aniqlanib, protsessual tartibda ushlangan.
Firibgarlik qonunga asosan jinoiy javobgarlikka sabab boʻlishini esdan chiqarmang.
Yuqorida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.
Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati