26 May 2023 yil
411
Qoʻqon shahrida “Tigʻ” tadbir davomida giyohvandlik moddasini saqlab kelayotgan shaxs fosh boʻldi
Qoʻqon shahar. 2023-yil 19-may kuni 2-mintaqaviy xudud IIB PPX otryadi xodimlari tomonidan olib borilgan “Tigʻ” tadbiri davomida, Charxiy koʻchasidagi gul doʻkoni yonida turgan E.M.ning yoni xolislar ishtirokida koʻzdan kechirilganda, choʻntagidan bir boʻlak gashish giyoxvandlik moddalarini saqlab kelayotganligi aniqlanib, daliliy ashyo tariqasida olingan.
Mazkur holat yuzasidan Qoʻqon shahar IIB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 276-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib oʻtamiz, Jinoyat kodeksining 276-moddasi 1-qismida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs 3-yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.
Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati