6 May 2023 yil 405

Qoʻqon shahrida tezkor-kriminogen vaziyat barqarorligini ta’minlash, jinoyat va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish borasida “Xavfsiz hudud” maxsus profilaktik tadbirlari davom etmoqda

Jumladan oʻtkazilgan tezkor-qidiruv tadbiri davomida, 4 nafar qidiruvdagi shaxslar ushlandi, yana shuncha fosh etilmagan jinoyatlar fosh etildi.
9 ta giyohvandlik yoʻnalishidagi holatlar aniqlandi. 2 ta foxishaxona saqlash bilan bogʻliq, 2 ta noqonuniy valyuta ayirboshlash bilan bogʻliq, 2 ta boshqa turdagi jinoiy holatlarga chek qoʻyildi.
Energiya resurslariga noqonuniy ulanish holatlari bilan bogʻliq 12 ta ma’muriy xolatlar aniqlandi.
Oʻtkazilgan “TIGʻ” tadbirlari davomida 100 nafar shaxslar jamoat joylarida sovuq qurol sifatida foydalanilishi mumkin boʻlgan ashyolarni olib yurganliklari aniqlanib, tegishli hujjatlar rasmiylashtirildi.
Ushbu holatlarda 84 ta pichoq va boshqa jismlar daliliy ashyo tariqasida olindi.
Huquqbuzarliklar profilaktikasi boʻyicha jami 755 ta ma’muriy huquqbuzarliklar aniqlandi.
Jumladan, mayda bezorilik, jamoat joyida spirtli ichimliklar iste’mol qilish, bolalarni tarbiyalash va ularga ta’lim berish borasidagi majburiyatlarni bajarmaslik kabi huquqbuzarliklarga qonuniy choralar koʻrildi. 33 nafar shaxslar sud tomonidan ma’muriy qamoqqa olindi. 9 nafar shaxslar esa, ma’muriy nazoratga olindi.
Probatsiya hisobida turgan, 196 nafar nazorat ostidagi shaxslar bilan profilaktik ogohlantiruv suhbatlar oʻtkazildi. Ularning jazo oʻtash tartiblari tekshirildi.
Tekshiruvlar davomida 10 nafar nazoratdagi shaxslar jazo oʻtash tartibini buzganliklari aniqlanib, 5 nafarining belgilangan jazo turi ogʻirroq turdagi jazoga almashtirildi.
Tadbir davomida, 41 ta maktabda “DAVOMAT” va “TIGʻ” tadbirlari oʻtkazildi, 266 nafar voyaga yetmaganlarning ota-onalari ta’lim va tarbiyaga e’tiborsiz boʻlganligi uchun ma’muriy javobgarlikka tortildi.
Shahar hududida yoʻl-transport hodisalarini oldini olish maqsadida muntazam reyd tadbirlari tashkil etilib, jami 1 842 ta qoida buzarliklar aniqlandi, 502 ta avtotransport vositasi jarima maydoniga olib kirildi.

Qoʻqon shahrida “Xavfsiz hudud” maxsus profilaktik tadbirlari davom etmoqda

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech