31 Oktyabr 2022 yil 647

Qoʻqon shahrida temir seyfdan 13.000.000 soʻmlik tilla-taqinchoqlarini oʻgʻirlagan shaxs qoʻlga tushdi

Qoʻqon shahar. M.M ismli ayol IIBga murojaat qilib, unda 2022-yilning 07-sentabr kunidan 23-oktabr kunigacha boʻlgan vaqt oraligʻida, noma’lum shaxs yashash xonadoniga gʻayriqonuniy ravishda kirib, xonadon yotoqxonasidagi temir seyfdan umumiy narxi 13.000.000 soʻmlik tilla-taqinchoqlarini yashirin ravishda oʻgʻirlab, hodisa joyidan yashiringanligini bildirgan.

Mazkur holat yuzasidan Qoʻqon shahar IIO FMB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi “g” bandi (oʻgʻirlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Olib borilgan tezkor-surishtiruv ishlari davomida, ushbu jinoyatni I.O ismli ayol sodir etganligi aniqlanib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Hurmatli fuqarolar, oʻz mol-mulkingiz, pul mablagʻlaringizni ehtiyot qiling! Bu bilan oʻgʻirlik jinoyatlarining oldini olishga hissa qoʻshgan boʻlasiz.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech