9 Mart 2022 yil 436

Qoʻqon shahrida telefon apparatini oʻgʻirlаtgan ayol IIBga murojaat qildi

Qoʻqon shahri. 27-fevral X.A ismli ayol IIBga murojaat qilib, unda shu kuni noma’lum shaxs Farobiy koʻchasida joylashgan umumiy ovqatlanish oshxonasidagi stol ustida qarovsiz qoldirilgan narxi 3.000.000 soʻmlik “Samsung А52” rusumli uyali telefon apparatini yashirin ravishda oʻgʻirlab ketganini ma’lum qilgan.

Mazkur holat yuzasidan Qoʻqon shahar IIO FMB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 1-qismi (oʻgʻirlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Olib borilgan tezkor qidiruv harakatlari davomida ushbu jinoyatni Sh.D sodir etganligi aniqlanib, protsessual tartibda ushlangan.

Eslatib oʻtamiz, Jinoyat kodeksining 169-moddasi 1-qismida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Hurmatli fuqarolar, oʻz mol-mulkingiz, pul mablagʻlaringizni ehtiyot qiling! Bu bilan oʻgʻirlik jinoyatlarining oldini olishga hissa qoʻshgan boʻlasiz.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech