8 Fevral 2023 yil 366

Qoʻqon shahrida telefon apparatini aldov yoʻli bilan qoʻlga kiritgan shaxs javobgarlikka tortildi

Qoʻqon shahar. J.U IIBga murojaat qilib, unda 2023-yil 25-yanvar kuni nomalum shaxs Yorqishloq qishlogʻida yashovchi J.U.ning ishonchiga kirib, savdo majmuasida narxi 2.000.000 soʻmlik “Samsung А 10” rusumli telefon apparatini vaqtincha foydalanib qaytarib berish sharti bilan olib, firibgarlik yoʻli bilan qoʻlga kiritganligini ma’lum qilingan.

Mazkur holat yuzasidan Qoʻqon shahar IIB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 1-qismi (firibgarlik) bilan jinoyati ishi qoʻzgʻatilgan.

Olib borilgan tezkor-surishtiruv ishlari davomida, ushbu jinoyatni M.V sodir etganligi aniqlanib, tergov harakatlari olib borilmoqda

Firibgarlik qonunga asosan jinoiy javobgarlikka sabab boʻlishini esdan chiqarmang.

Yuqorida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs 3-yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech