16 Yanvar 2023 yil 390

Qoʻqon shahrida telefon apparatini aldov yoʻli bilan qoʻlga kiritgan shaxsga jinoyat ishi qoʻzgʻatildi

Qoʻqon shahar. Fuqaro Q.F IIBga murojaat qilib, unda 2022-yilning 24-dekabr kuni noma’lum shaxs A.Navoiy mavzesida ishonchiga kirib, uning narxi 2.500.000 soʻmlik “OPPO A74” rusumli telefon apparatidan vaqtincha foydalanib soʻng qaytarib berish sharti bilan olib, jabrlanuvchining e’tiborsizligidan foydalanib, telefon apparatini firibgarlik yoʻli bilan qoʻlga kiritib, hodisa joyidan yashiringnaligini bildirgan.

Mazkur holat yuzasidan Qoʻqon shahar IIB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Olib borilgan tezkor qidiruv harakatlari davomida ushbu jinoyatni M.A sodir etganligi aniqlanib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Firibgarlik qonunga asosan jinoiy javobgarlikka sabab boʻlishini esdan chiqarmang.

Yuqorida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.


Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech