19 Yanvar 2023 yil
375
Qoʻqon shahrida telefon apparatini aldov yoʻli bilan qoʻlga kiritgan shaxsga jinoyat ishi qoʻzgʻatildi
Qoʻqon shahar.Fuqaro R.S IIBga murojaat qilib, unda 2022-yilning 28-dekabr kuni noma’lum shaxs Navbahor koʻchasida ishonchiga kirib, narxi 11.000.000 soʻmlik “Iphone 1 Pro” rusumli uyali telefon apparatidan vaqtincha foydalanib olishini aytib, firibgarlik yoʻli bilan telefon apparatini qoʻlga kiritganligini ma’lum qilgan.
Mazkur holat yuzasidan Qoʻqon shahar IIB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.
Olib borilgan tezkor qidiruv harakatlari davomida ushbu jinoyatni N.R sodir etganligi aniqlanib, protsessual tartibda ushlangan.
Firibgarlik qonunga asosan jinoiy javobgarlikka sabab boʻlishini esdan chiqarmang.
Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati