Qoʻqon shahrida telefon apparatini oʻgʻirlagan shaxs fosh boʻldi
Qoʻqon shahar. Fuqaro A.X IIBga murojaat qilib, unda 2023-yilning 04-yanvar kuni noma’lum shaxs Davronbek koʻchasida joylashgan korxonaning kiyinish xonasida qarovsiz qoldirilgan 2.200.000 soʻmlik “Течно” rusumli uyali telefon apparatini yashirin ravishda oʻgʻirlab, hodisa joyidan yashiringanligini ma’lum qilgan.
Mazkur holat yuzasidan Qoʻqon shahar IIB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan jinoyat kodeksining 169-moddasi 1-qismi (oʻgʻirlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.
Olib borilgan tezkor-surishtiruv ishlari davomida, ushbu jinoyatni I.S sodir etganligi aniqlanib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Hurmatli fuqarolar, oʻz mol-mulkingiz, pul mablagʻlaringizni ehtiyot qiling!
Bu bilan oʻgʻirlik jinoyatlarining oldini olishga hissa qoʻshgan boʻlasiz.
Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati