27 May 2023 yil 526

Qoʻqon shahrida taqiqlangan oʻsimliklarni parvarishlagan ayol aniqlandi

Qoʻqon shahar. 2023-yil 16-may kuni IIB JQB va HPB xodimlari tomonidan oʻtkazilgan “Qoradori 2023” tadbiri davomida, Mingterak koʻchasida yashovchi N.M ismli ayolning yashash xonadoni xolislar ishtirokida koʻzdan kechirilganda, xonadonidagi gullar ichida sugʻorilgan va begona oʻtlardan tozalangan holatdagi 368 tup koʻknori giyohvandlik oʻsimliklarini parvarishlab kelayotganligi aniqlangan.

Holat yuzasidan Qoʻqon shahar IIO FMB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 270-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Hurmatli fuqarolar! Taqiqlangan ekinlarni ekmang va yetishtirmang. Ularni ekish va yetishtirish qonunga xilof hamda jinoiy javobgarlikka sabab boʻladi.

Mazkur jinoyatni sodir etgan shaxs uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkinligini esdan chiqarmang.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech