28 Yanvar 2023 yil 414

Qoʻqon shahrida talonchilik sodir qilgan shaxslarga jinoyat ishi qoʻzgʻatildi

Qoʻqon shahar. 2023-yilning 23-yanvar kuni 2002-y.t. A.A tanishlari 2002-y.t. M.J 2001-y.t., Gʻ.S va M.M.lar bilan bir guruh boʻlib, oldindan jinoiy til biriktirib oʻzganing mulkini ochiqdan-ochiq talon-toroj qilish maqsadida, A.Navoiy mavzesida joylashgan 32-sonli koʻp qavatli uy oldida 2002-y.t. K.S.ni hayot yoki sogʻlik uchun xavfli boʻlmagan zoʻrlik ishlatib, badanining turli sohalariga urib, narxi 1.000.000 soʻmlik “Red Mi” rusumli uyali telefon apparatini ochiqdan-ochiq talonchilik yoʻli bilan talon-toroj qilib, hodisa joyidan yashirinishgan.

Mazkur holat yuzasidan Qoʻqon shahar IIB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 166-moddasi 2-qismi “a,v” bandi (talonchilik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, protsessual tartibda ushlangan.

Fargʻona viloyat Ichki ishlar boshqarmasi yuqoridagi koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs 5-yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkinligi haqida eslatib oʻtadi.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech