7 Mart 2023 yil
397
Qo'qon shahrida talonchilik sodir qilgan shaxslarga jinoyat ishi qo'zg'atildi
Qo'qon shahar.01 mart kuni voyaga etmagan M.A., voyaga etmagan V.B va Q.A.lar Rasta ko'chasida voyaga etmagan X.A.ning narxi 600.000 so'mlik “Iphone-6” rusumli telefonini bir guruh bo'lib, ochiqdan-ochiq talonchilik yo'li bilan qo'lga kiritib, hodisa joyidan ketib yuborishgan.
Mazkur holat yuzasidan Qo'qon shahar IIB huzuridagi tergov bo'limi tomonidan Jinoyat kodeksining 166-moddasi 2-qismi “v” bandi (talonchilik) bilan jinoyat ishi qo'zg'atilib, prosessual tartibda ushlangan.
Farg'ona viloyat Ichki ishlar boshqarmasi yuqoridagi ko'rsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkinligi haqida eslatib o'tadi.
Farg'ona viloyati IIB Axborot xizmati