12 Iyul 2023 yil 412

Qoʻqon shahrida talonchilik sodir qilgan shaxsga jinoyat ishi qoʻzgʻatildi

Qoʻqon shahar. 2023-yilning 06-iyul kuni M.O. Turkiston koʻchasida joylashgan istirohat bogʻiga kelib, ushbu bogʻda oʻzining oʻrtoqlari bilan aylanib yurgan tanishi M.I.ni orqasidan kuzatib kelib, uni orqa tomonidan bel qismiga oyogʻi bilan ikki marta tepib, boʻyin qismiga qoʻli bilan bir marta mushtlab urib yuborib, qoʻlida boʻlgan narhi 4.000.000 soʻmlik “Red Mi 9” rusumli uyali telefon apparatini tortib olib, talonchilik yoʻli bilan qoʻlga kiritib, xodisa joyidan yashiringan.

Mazkur holat yuzasidan Qoʻqon shahar IIB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 166-moddasi 1-qismi (talonchilik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Fargʻona viloyat Ichki ishlar boshqarmasi yuqoridagi koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs 3-yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkinligi haqida eslatib oʻtadi.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech