3 Noyabr 2022 yil 444

Qoʻqon shahrida talonchi javobgarlikka tortildi

Qoʻqon shahar.2022-yilning 30-oktabr kuni X.I Furqat koʻchasida joylashgan metan gaz qoʻyish shaxobchasi yonida J.J.ning yonida boʻlgan 80.000 soʻm pullarini ochiqdan-ochiq talonchilik yoʻli bilan talon-toroj qilib, hodisa joyidan yashiringan.

Mazkur holat yuzasidan Qoʻqon shahar IIB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 166-moddasi 1-qismi (talonchilik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Fargʻona viloyat Ichki ishlar boshqarmasi yuqoridagi koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkinligi haqida eslatib oʻtadi.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech