Qoʻqon shahrida sotuvchini 11.000.000 soʻm puli solingan sumkasini oʻgʻirlagan ayol aniqlandi
Qoʻqon shahar. X.U ismli ayol IIBga murojaat qilib, unda 2023-yil 29-may kuni noma’lum shaxs Navbahor koʻchasida joylashgan savdo kompleksiga kelib shu yerda qandolat mahsulotlari sotuvchisi X.U.ni rasta ostida qarovsiz qolgan 11.000.000 soʻm puli solingan sumkasini yashirin ravishda oʻgʻirlab, hodisa joyidan yashiringanligini ma’lum qilgan.
Mazkur holat yuzasidan Qoʻqon shahar IIB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan jinoyat kodeksining 169-moddasi 1-qismi (Oʻgʻirlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.
Olib borilgan tezkor-surishtiruv ishlari davomida, ushbu jinoyatni B.M ismli ayol sodir sodir etganligi aniqlanib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Hurmatli fuqarolar, oʻz mol-mulkingiz, pul mablagʻlaringizni ehtiyot qiling!
Bu bilan oʻgʻirlik jinoyatlarining oldini olishga hissa qoʻshgan boʻlasiz.
Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati