4 May 2023 yil 339

Qoʻqon shahrida savdo doʻkonidan pul oʻgʻirlatgan ayol IIBga murojaat qildi

Qoʻqon shahar. Yu.N ismli ayol IIBga murojaat qilib, unda 27-aprel kunidan 28-aprel kuniga oʻtar kechasi noma’lum shaxs Movoraunnaxr koʻchasida joylashgan savdo doʻkoniga gʻayriqonuniy ravishda kirib, doʻkon ichida boʻlgan 2.000 AQSH dollari va 3.000.000 soʻm pullarini yashirin ravishda oʻgʻirlab, hodisa joyidan yashiringanini ma’lum qilgan.

Mazkur holat yuzasidan Qoʻqon shahar IIB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi “g” bandi (oʻgʻirlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Olib borilgan tezkor-surishtiruv ishlari davomida, ushbu jinoyatni B.B sodir etganligi aniqlanib, protsessual tartibda ushlanishgan.

Hurmatli fuqarolar, oʻz mol-mulkingiz, pul mablagʻlaringizni ehtiyot qiling!

Bu bilan oʻgʻirlik jinoyatlarining oldini olishga hissa qoʻshgan boʻlasiz.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech