19 Avgust 2022 yil 438

Qoʻqon shahrida savdo doʻkonida qarovsiz kassadan 4.200.000 soʻm pullarni oʻgʻirlagan shaxs ushlandi

Qoʻqon shahar.Fuqaro B.M IIBga murojaat qilib, unda 2022-yilning 12-avgust kuni noma’lum shaxs Farobiy koʻchasida joylashgan savdo kompleksi hududida savdo doʻkonida savdo bilan band boʻlgan vaqtda kassasida boʻlgan 4.200.000 soʻm pullarni yashirin ravishda oʻgʻirlab, hodisa joyidan yashiringanligini bildirgan.

Mazkur holat yuzasidan Qoʻqon shahar IIB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, protsessual tartibda ushlangan.

Olib borilgan tezkor surishtiruv ishlari davomida ushbu jinoyatni N.A sodir etganligi aniqlanib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Hurmatli fuqarolar, oʻz mol-mulkingiz, pul mablagʻlaringizni ehtiyot qiling! Bu bilan oʻgʻirlik jinoyatlarining oldini olishga hissa qoʻshgan boʻlasiz.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech