25 Aprel 2023 yil 327

Qoʻqon shahrida savdo doʻkon kassasidan pul oʻgʻirlagan shaxs qoʻlga tushdi

Qoʻqon shahar. Fuqaro M.N IIBga murojaat qilib, unda 2023-yilning 11-aprel kuni noma’lum shaxs Sunbula mahalla hududida joylashgan bozordagi savdo doʻkoniga xaridor sifatida kirib, savdo ishlari bilan chalgʻiganidan foydalanib, savdo gʻaznasida boʻlgan 2.200.000 soʻm pullarini yashirin ravishda oʻgʻirlab, hodisa joyidan yashiringanligini ma’lum qilgan.

Mazkur holat yuzasidan Qoʻqon shahar IIB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan jinoyat kodeksining 169-moddasi 1-qismi (oʻgʻirlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Olib borilgan tezkor-surishtiruv ishlari davomida, ushbu jinoyatni F.N ismli ayol sodir etganligi aniqlanib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Hurmatli fuqarolar, oʻz mol-mulkingiz, pul mablagʻlaringizni ehtiyot qiling!

Bu bilan oʻgʻirlik jinoyatlarining oldini olishga hissa qoʻshgan boʻlasiz.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech